Dala maydonidan mol va qo'y hayvonlarini o'g'irlab ketgan shaxs qo'lga olindi

0

Joriy yil 6 iyun kuni, Yangiqo'rg'on tumanida yashovchi, 1978 yilda tug'ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, noma'lum shaxs shu kunga o'tar kechasi dala maydonidan umumiy narxi 7.000.000 so'mlik 4 bosh qo'ylarini va narxi 4.000.000 so'mlik bir bosh molini o'g'irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko'rishni so'ragan.

Yangiqo'rg'on tuman IIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Yangiqo'rg'on tumanida yashovchi, 2003 yilda tug'ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo'yicha Yangiqo'rg'on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

loading...