Namanganda 35 yoshli erkak uyida fohishaxona tashkil qilgani fosh bo'ldi

0

Namangan viloyati Yangiqo'rg'on tumanida 6 iyun kuni uyida fohishaxona saqlagan 35 yoshli erkak ushlandi. Bu haqda viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, fuqaro xonadonida 2001 yilda tug'ilgan yigit va 1993 yilda tug'ilgan ayolga jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib bergan. U buning uchun 50 ming so'm olgan.

Holat yuzasidan tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi (Qo'shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

loading...