Qashqadaryolik ota xorijga chiqish uchun 53 million so'm alimentni oldindan to'ladi

0

Fuqarolik ishlari bo'yicha Qashqadaryo viloyat Qarshi tumanlararo sudining 2015 yil 10 sentyabrdagi qaroriga asosan qarzdor dehqonobodlik X.Xonimqulovdan 2 nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta'minoti uchun L.Qo'chqorovaning foydasiga aliment undirish belgilangan.

UzAning yozishicha, ota aliment pullarini o'z vaqtida to'lab kelgan.

Taqdim etilgan ma'lumotga ko'ra, joriy yilning 26 aprel kuni X.Xonimqulov sud hujjatini ijro etish usuli va tartibini o'zgartirish haqida ariza bilan ushbu sudga murojaat qildi. Qarzdoning arizasiga ko'ra, alimentni oldindan to'lash bo'yicha sudning ajrimi chiqarildi. Qarzdorga 29.03.2021 yildan 29.03.2026 yilga qadar 53 million 403 ming so'm aliment hisoblanib, ushbu pullar Majburiy ijro byurosi Dehqonobod tuman bo'limi tomonidan joriy yilning 7 iyun kuni tilxat asosida undiruvchiga topshirildi. Shu sababli, X.Xonimqulovning mamlakat hududidan chetga chiqishiga qo'yilgan cheklov bekor qilindi.

loading...