O'ZBEKISTONDA KORONAVIRUS YuQTIRGANLIK, TUZALGANLIK VA O'LIM KO'RSATKIChI… (JADVAL)

0

2021 yil 11 iyun holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 103206 (+314) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

5 nafari Qoraqalpog'iston Respublikasida,

5 nafari Andijon viloyatida,

6 nafari Buxoro viloyatida,

10 nafari Jizzax viloyatida,

11 nafari Qashqadaryo viloyatida,

3 nafari Navoiy viloyatida,

5 nafari Namangan viloyatida,

21 nafari Samarqand viloyatida,

4 nafari Sirdaryo viloyatida,

9 nafari Surxondaryo viloyatida,

17 nafari Farg'ona viloyatida,

4 nafari Xorazm viloyatida,

42 nafari Toshkent viloyatida,

172 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

Qoraqalpog'iston Respublikasida 6 nafar,

Buxoro viloyatida 5 nafar,

Navoiy viloyatida 2 nafar,

Namangan viloyatida 6 nafar,

Samarqand viloyatida 20 nafar,

Farg'ona viloyatida 11 nafar,

Toshkent viloyatida 46 nafar,

Toshkent shahrida 133 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog'ayganlar jami 99152 (+229) nafarga yetdi va sog'ayish ko'rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 705 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3349 nafar bemor davolanmoqda.

Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

loading...