O'zbekistonni juda katta xazinasi Yevropadan topildi

0

“Shimoliy oqim” quvurlarini yotqizish paytida topilgan eng qimmat xazina!..

Bremendan unchalik uzoq bo'lmagan joyda, “Shimoliy oqim” quvurini yotqizish bo'yicha ishlar olib borilayotganda, xandaqni tekshirish paytida kutilmagan tarzda qadimiy oltin “ombori” topildi.

Arxeologlar barcha ishlarni to'xtatdilar va topilma bo'lgan joyda qazish ishlari boshlandi. Mutaxassislar zargarlik buyumlari bronza davriga (3 ming yil avval) tegishli ekanligini darhol angladilar.Jami 117 xil oltin buyumlar topilgan: spiral, uzuk, bilaguzuk shaklidagi bilakuzuklar. Ulardan eng qadimgi miloddan avvalgi 14-asrga to'g'ri keladi.

Markaziy Yevropada qadimiy oltinning eng katta va eng muhim topilmalaridan biri bo'lishdan tashqari, ushbu zargarlik buyumlarining bir qismini tayyorlash usuli o'sha davr uchun juda ilg'or bo'lib chiqdi.

Mutaxassislar zargarlik buyumlarini iloji boricha xavfsizroq olishlari uchun topilma bilan tuproqni  birga yer yuzasiga chiqarishayapdi.

Mutaxassislar biladiki, o'sha paytda oltin buyumlar zarb bilan yasalgan. Ammo topilgan buyumlarning bir qismi 90% oltin tarkibidagi qotishmadan quyish orqali qilingan. Bu haqda Gannoverning Leybnits universiteti mutaxassislari aytib o'tishdi. Ushbu fakt mutaxassislar o'rtasida jiddiy tortishuvlarga sabab bo'ldi. Bundan tashqari, Hannover universiteti kimyogari Robert Lehman kimyoviy tahlillar ushbu oltin Afg'oniston, Qozog'iston yoki O'zbekistonning etaklaridan kelib chiqqanligini va bu taxminan 5000 km uzoqda ekanligini aytdi.

Bu shuni anglatadiki, Yevropa va Osiyo o'rtasidagi savdo aloqalari ilgari o'ylanganidan ham oldinroq o'rnatilgan ekan. Ammo shuni ta'kidlash kerakki, hamma ham Lehmanning xulosalariga qo'shilmaydi va uni  qobiliyatsiz deb hisoblaydi.

Ushbu topilma bir necha milliard dollarga baholanishi mumkin.

loading...