ISTE'MOL SODASINING ShIFOBAXSh XUSUSIYaTLARI

0

Iste'mol sodasini deyarli har bir xonadon bekasi sevib ishlatadi. U nafaqat pazandachilik, balki oshxonani tozalash ishlarida ham juda qo'l keladi. Bugun biz ushbu mahsulotning siz bilmagan yana bir qirrasi, ya'ni uning shifobaxshlik xususiyatlarini kashf etmoqchimiz.

1- Iste'mol sodasi yo'talni yumshatib, balg'am ko'chirishga yordam beradi. Shifokorlar yo'tal boshlanganda, 1 stakan qaynoq sutga 1 choy qoshiq iste'mol sodasi solib, yaxshilab aralashtirgandan so'ng uyqu oldidan iste'mol qilishni maslahat berishadi.

2- Agar siz sutni xushlamasangiz, sodali ingalyatsiyadan foydalanishingiz mumkin. Buning uchun 1 l qaynagan suvga 1 osh qoshiq iste'mol sodasi solinadi va bug'li vannadan 5-10 daqiqa nafas olinadi.

3- Tomoq og'rig'ida hech bir mahsulot iste'mol sodasi solingan damlamada og'iz chayishchalik tez ta'sir ko'rsatmaydi. Bu damlamani tayyorlash uchun 2 choy qoshiq soda 1 stakan qaynoq suvda eritiladi va unda kuniga 5-6 marta og'iz chayiladi.

4- Burun bitganda ham sodali eritma yaxshi yordam beradi. Agar burundan suv kelayotgan bo'lsa, tomizgich yordamida eritmadan bir necha tomchi tomiziladi va birozdan so'ng u tozalab olinadi. Bu jarayon kuniga 3-4 bor takrorlanadi.

5- Iste'mol sodasi tibbiyotda aritmiyaga qarshi vosita sifatida ham foydalaniladi. To'satdan boshlangan yurak xurujini yarim choy qoshiq iste'mol sodasi yordamida to'xtatish mumkin.

6- Iste'mol sodasi qon bosimida ham yaxshi samara beradi. Organizmda ortiqcha tuz va suv miqdori ortishi gipertoniyaga sabab bo'ladi. Dori bilan bir qatorda yarim choy qoshiq iste'mol sodasini 1 stakan suvda eritib ichish qon bosimini me'yorlashtiradi.

7- Bu mahsulot transportda ko'ngli ayniydiganlar uchun ham eng kerakli vositadir. Faqat o'zingiz bilan poroshok olishni unutmasangiz bo'lgani.

8- Jig'ildoni qaynaydigan kishilarga ham sodali eritma (1 stakan qaynoq suvga yarim choy qoshiq soda solib eritiladi) yaxshi yordam beradi.

9- Iste'mol sodasi og'ir tan jarohatlarida, ko'p qon yo'qotganda, oshqozon buzilishida, ichburug'da ham birinchi tez yordamdir. Sababi organizm ko'p suyuqlik yo'qotganda, sodali va tuzli eritma shifo bo'ladi. Bu eritmani tayyorlash juda oddiy. Buning uchun 1 litr qaynoq suvga yarim choy qoshiq iste'mol sodasi va 1 choy qoshiq tuz solib eritiladi. Bemorga har besh daqiqada shu damlamadan 1 osh qoshiqdan ichiriladi.

10- Og'iz bo'shlig'ini sodali eritma bilan chayib turish tish og'rig'ini bartaraf qiladi. Agar tishingiz og'risa, issiq sodali eritma tayyorlang va kun davomida u bilan og'iz bo'shlig'ini 5-6 marotaba chayib turing. Aks holda, surunkali davo muolajalariga murojaat qilishingizga to'g'ri keladi.

11- Iste'mol sodasi ajoyib kosmetik vosita hamdir. Uni sovun ko'pigiga aralashtirib, yuzingizni haftada ikki bor yuvsangiz, balog'at yoshida toshadigan toshmalardan xalos bo'lasiz. Bundan tashqari, teridagi o'lik hujayralardan ham osongina qutulasiz va qora nuqtalar sizni bezovta qilmaydi.

12- Bu mahsulot yordamida tishlarni oqartirish ham mumkin. Buning uchun paxtani namlab, iste'mol sodasiga botirib olasiz va tishlarni yaxshilab shu paxta bilan ishqaysiz. Qarabsizki, natija birinchi tozalovdan so'ng ham yaqqol namoyon bo'ladi.

13- Sodali eritma hasharot chaqqanda ham yaxshi yordam beradi. Buning uchun eritma tayyorlab, undan kuniga 3-4 marotaba hasharot chaqqan joyga surtib qo'ysangiz, achishish va qizarishlar butkul bartaraf bo'ladi. Bundan tashqari, soda yaralarga mikrob tushishining ham oldini oladi.

14- Ish kunining so'nggida oyoqlaringiz og'rib, charchoq bezovta qilsa, sodali vanna qabul qilishingiz mumkin. Buning uchun 5 litr qaynoq suvga 2 osh qoshiq iste'mol sodasi solinadi va oyoqlar shu suvda 15 daqiqa vanna qilinadi.

SOG’LOM HAYOT

loading...