Kanada Johnson&Johnson’ning 300 ming doza vaksinasini tashlab yuborishga qaror qildi — OAV

0

Kanada hukumati Johnson&Johnson kompaniyasining koronavirusga qarshi 300 ming doza vaksinasini tashlab yuborishga qaror qildi. Le Figaro nashrining xabar berishicha, bu qarorga vaksinani ishlab chiqarish jarayonida unga boshqa vaksina komponentlari aralashgan bo'lishi mumkinligi sabab hisoblanadi.

 

Ta'kidlanishicha, Kanada ushbu vaksina partiyasini apreldayoq olgan, biroq hanuzgacha uni qo'llashga ikkilangan. Endi esa ushbu vaksina boshqa vaksina qismlariga ega bo'lishi mumkinligi sababli uning butun partiyasini tashlab yuborishga qaror qilingan.

«Bu vaksina ishlab chiqarish vaqtida boshqa vaksina komponentlari bilan ifloslangan va shu sababli u Kanada standartlariga to'g'ri kelishi borasida xulosa chiqarib bo'lmaydi», deb aytilgan Kanada sog'liqni saqlash vazirligida.

Bu bilan bog'liq holda vazirlik Johnson&Johnson’ning Baltimor shahridagi zavodiga tashrif buyurmoqchi. Bungacha mamlakat Johnson&Johnson vaksinasidan foydalanmaydi.

1 aprelda J&J’ning Baltimordagi zavodi xodimlari 15 mln doza vaksinani buzib qo'yishgani ma'lum bo'lgan. Bunga vaksina komponentlarini aralashtirishdagi xatolik olib kelgan.

korrespondent.net

loading...