«Rossiya kuni» munosabati bilan korpusiga soat va gerb tushirilgan iPhone 12 paydo bo'ldi

0

Kolleksiyadagi eng hayratlanarli model — «Tourbillion Rossiya». Smartfon korpusi titan va oltindan ishlangan, orqa qismiga turbiyonli soat va Rossiya gerbi tushirilgan. Narxi — 644 ming rubl (8900 dollar).

«Kuchli Rossiya» modeli uchun kompaniya «pishirilgan» karbondan foydalangan — mazkur material Italiyaning «Ilg'or kompozitsion konstruksiyalar laboratoriyasi» asoschisi Paolo Feraboli tomonidan 2006 yilda Lamborghini kompaniyasi uchun yaratilgan. Narxi — 379 ming rubl (5250 dollar).

Navbatdagi modelga «Boy Rossiya» nomi berilgan. Modelning asosini yemirilishlarga bardoshli oltin aralashmasi tashkil etadi. Rossiya gerbi ham oltindan ishlangan, dekorativ elementlari brilliantlar bilan bezatilgan. «Kreml devorlari» rangidagi yengil kompozit ham bor bo'lib, unga an'anaviy naqshlar tushirilgan. Narxi — 1 375 000 rubl (19 ming dollar).

 

loading...