Alkotester o'rniga naushniklar. Qondagi alkogol miqdorini o'lchaydigan yangi gadjet yaratildi

0

Tokio tibbiyot va stomatologiya universiteti olimlari alkotesterga ishonchli muqobil sifatida inson quloqlaridan foydalanish variantini ko'rib chiqdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Ma'lum qilinishicha, inson quloqlarining terisi etanolni qo'ldan ko'ra ko'proq ajratadi, balki uning tarkibida ter bezlari ham nisbatan kam. Bundan xabardor tadqiqotchilar oddiy naushniklarni modifikatsiya qilishga kirishgan.

Olingan tajriba tizimida filtrlangan havo shlang orqali yuqoridagi teshikka o'tuvchi muftalarning biriga haydaladi. Ushbu havo quloqni o'rab turgan germetik kamera orqali aylanib, ajralayotgan etanolni yig'adi, so'ng muftadan shlang orqali pastga so'radi.

Pastki shlang esa biosniffer nomli alohida qurilmaga eltadi. Ultrabinafsha nur bilan «qo'zg'atilganda» ushbu biosnifferdagi datchik gazsimon etanol konsentratsiyasi intensiv fluoressensiyanikidan yuqori bo'ladi.

Laboratoriya sinovlarida naushniklar ma'lum miqdorda alkogol mahsulotini ichgan uch nafar ko'ngilli erkakka taqilgan. Keyingi 140 daqiqa ichidagi muntazam intervallar orqali qondagi alkogol miqdori nuashniklar va oddiy alkotester yordamida o'lchangan. Ikkala qurilmalardagi ko'rsatkichlar bir xil bo'lib chiqqan.

Endilikda texnologiyani yanada rivojlantirish maqsadida alkotesterlarga muqobil sifatida, shuningdek, teridan turli kasalliklarga bog'liq ravishda ajraladigan gazlarni aniqlashda foydalanish mumkin.

loading...