​​​BIRINChI TIBBIY YoRDAMDA YO'L QO'YILADIGAN 10 TA XATOLIK

0

Uy bekalariga maslahatlar

KUYGAN JOYGA YoG' SURTMANG!
Teri kuyganda darrov g'oz moyini qidirishga tushsangiz, xato qilasiz. Moyni kuygan joyga surtishingiz zahoti u yerda parda hosil bo'lib, havo kirmaydi, oqibatda yara bitishi qiyin bo'lib, ancha vaqtgacha og'ritadi ham.
NIMA QILISh KERAK: Eng yaxshisi, kuygan joyni sovutish kerak. Agar kichik joy kuygan bo'lsa, sovuq suvga tuting. Xalqona choralardan eng samaralisi – xo'jalik sovunidan surtish. Sovun bu ishqor, kuyish esa kimyoviy ta'sir. Ishqor doim kislotali ta'sirni bosadi, qarabsizki, kuygan joyda pufak ham hosil bo'lmaydi, achishmaydi ham. Bu aytganlarimiz kunda yuz beradigan kuyishlarga tegishli. Ammo jarohat ancha chuqur va og'riqli bo'lsa, uni sovuq suvda yuvib, ustiga steril mato ( paxta emas) qo'yib, tezroq shifoxonaga borish kerak.

YOD VA BRILLIANT YaShILI QANI?!
Yiqilish natijasida qo'l yoki tizzada katta, ochiq yara paydo bo'lsa darrov yod yoki brilliant yashili bilan ishlov berishga shoshilmang. Bu shikastlangan terini yanada kuydirib, keyinchalik chandiq qoldirishi mumkin.
NIMA QILISh KERAK: Yarani mikroblardan tozalash uchun vodorod peroksidi yoki boshqa bir antiseptik vositani jarohat chetiga surtib, ustidan steril bintda bog'lang. Mayda kesilish va yaralar uchun yod va brilliant yashilidan bemalol foydalanish mumkin.

TITROQ BOSDIMI, O'RANIShDAN NAF YO'Q!
Isitma chiqqanda odam qaltiray boshlaydi. Bunday paytda issiq o'rangandan foyda yo'q. Axir haroratni tushirish lozim.
NIMA QILISh KERAK: Peshonaga sovuq suvda xo'llangan dokani qo'yib, shifokor ko'rsatmasiga ko'ra, isitma tushiruvchi dori iching.

TIQILIB QOLDINGIZMI, YeLKAGA ASLO URA KO'RMANG!
Ovqat paytida tiqilib qolgan odamni yelkasiga ayamay qoqamiz. Shu bilan sho'rlikka yordam bergan bo'lsak, qaniydi?! Nafas yo'llariga yot jism kirib qolganida uni yo'tal orqali chiqarmoqchi bo'lamiz. Bu tabiiy usul. Ovqat paytida tiqilib qolgan odamni yelkasiga qoqsangiz, yot jism yanada ichkari kirib, nafas yo'llarini butkul yopib qo'yishi ham mumkin.
NIMA QILISh KERAK: Oldinga egilib, chuqur, sekin nafas olib, chiqarish kerak. Bordi-yu, odam nafas olishga qiynalsa, uni oldinga egiltirib, kaft qirrasi yelkadan bo'yinga harakatlantiriladi.

BURUN BITSA, ISSIQ NARSA QO'YMANG
Burun bitsa, nimalar qilmaymiz. Qopchaga qizdirilgan qum, tuz, pishgan tuxum solib ikki qosh orasiga qo'yamiz. Hatto, bu holat yoqib, ancha yengillab qolamiz. Aslida, bu odam uchun xavfli. Tumov kuchli bo'lsa, burundagi tomirlar kengayadi. Issiqlik shishni yanada ko'paytiradi, natijada shilimshiq chiqib ketish o'rniga burunda yig'ilaveradi. Vaqtida chora ko'rmasangiz, yallig'lanish miyaga yetib borishi mumkin.
NIMA QILISh KERAK? Bunday paytda tomirlarni qisqartirish kerak. Tomchi dorilar aynan shu vazifani bajaradi, qarabsizki, tumovdan asar ham yo'q.

JAROHAT ISSIQNI YoQTIRMAYDI
Pay cho'zilishi, urilish, bo'g'im chiqishida tanada doim shish paydo bo'ladi. Bunday paytda shikast yetgan joyga issiq narsa qo'ymang. Og'riq battar kuchayib, shish kattalashishi mumkin.
NIMA QILISh KERAK: Harakatni cheklash, og'rigan joyga muz qo'yib, tezroq travmatologiya bo'limiga borish kerak.

BURUNDAN QON OQSA, BOShNI ORQAGA TAShLAB O'TIRMANG!
Burun qonagan paytda boshni orqaga tashlab o'tirishni tavsiya qilamiz. Lekin bu mutlaqo noto'g'ri. Qon halqum, oshqozonga borib, sizni battar behuzur qilishi mumkin.

NIMA QILISh KERAK? Bukchaymasdan tik o'tirib, boshni biroz oldinga engashtiring. Vodorod peroksidi eritmasida paxtani namlab, burun ichiga joylang. Ikki qosh o'rtasiga esa muz qo'yiladi.

loading...