Diqqat! O'zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari bekor qilinishi mumkinligi aytildi 

0

Davlat test markazi bosh boshqarmasi boshlig'i Farhod Mirzayev oliy ta'lim muassasalarilarga kirish imtihonlari bekor qilinishi mumkinligini ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, kirish imtihonlaridan voz kechib, bosqichma-bosqich maktablarda olinadigan imtihonlar hisobiga bolalarni oliy ta'lim muassasalariga qabul qilishni yo'lga qo'yish rejalashtirilgan.

«Unifikatsiya bo'yicha qaror tegishli organga kiritilgan. Agar bu tasdiqlansa, biz kirish imtihonlaridan voz kechib, bosqichma-bosqich maktablarda olinadigan imtihonlar hisobiga bolalarni OTMlarga qabul qilishni yo'lga qo'yamiz. Masalan, to'rtta viloyat tanlab olinib, birinchi bosqichda shu viloyatlarda o'tkazish masalasi ko'riladi. Keyinchalik qolgan hududlarda ham bu amalga oshiriladi», — dedi Farhod Mirzayev.

loading...