Insoniylik…

0

Insoniylik…

Bir maktab direktori ishga qabul qilayotgan har bir yangi xodimiga ushbu xatni yuborar ekan:

Hurmatli muallim,

Men konslager hayotini o'z ko'zi bilan ko'rgan insonlardan biriman:

Men…
– injenerlarning gaz kameralarini qurayotganini;
– vrachlarning asirga tushgan bolalarni zaharlayotganini;
– oliy ta'lim bitiruvchilarining bolalar va ayollarni tirik yoqib yuborayotganlarini o'z ko'zim bilan ko'rdim!

Shuning uchun men «ma'lumotli»larga ishonmayman.

Iltimos, Siz, yoshlarga «ma'lumotli» bo'lish bilan birga, «inson» bo'lishni o'rgating.

Ushbu holat bizning zamonamizga olib qaralsa,

– «ma'lumotli» injener va rahbarlar «soqqa»sini olib, miq etmay damba qurayapti;
– «ma'lumotli» o'qituvchi «soqqa»sini (karantin davrida plastik kartada) olib, baho qo'yayapti;
– «ma'lumotli» vrach faqat «soqqa»sini olsa, bemorga yordam qilayapti (aksincha, yo'q).

Oliy ma'lumot oldi degani odam bo'ldi degani emas!

Rahbar kadrlar tanlash va tayinlash tizimi real islohotlarga muhtoj!

 

loading...