Kallangni chiqarib nima qilarding?! Mana endi otni kallasidek jarima to'laysan

0

Qoidabuzarliklarga qarshi ko'rilayotgan choralar, olib borilayotgan targ'ibot tadbirlariga qaramasdan harakat ishtirokchilari tomonidan qoidalarni chetlab o'tish holatlari doimiy kuzatilmoqda, deya yana bir qoidabuzarlik haqida xabar bermoqda IIV YHXBB Axborot xizmati.

Yo'l harakati qoidalarida haydovchi va piyoda bilan bir qatorda yo'lovchi uchun ham tegishli talablar belgilangan.

Dam olish maskanlariga olib boruvchi avtomobil yo'llarida harakat vaqtida yo'lovchilarning avtotransport vositasi oynasidan tana qismlarini chiqarib olish holatlari tez-tez uchrab turadi. Bu kabi holatlar fuqarolar tomonidan tasvirga olinib ijtimoiy tarmoqlarda tarqaladi. Ana shunday video lavhalardan biri o'rganilib, harakat vaqtida «Neksiya-3» rusumli avtomobilning oynasidan tana qismlarini chiqarib olgan fuqaro yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksning 138-moddasi 4-qismi (transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yo'lovchi tomonidan tana qismlarini (qo'ldan tashqari) salondan chiqarish) tartibida bayonnoma tuzildi.

loading...