Otabek Sattoriy ishi apellyatsiya instansiyasida Samarqand viloyati sudida ko'riladi

0

O'zbekiston inson huquqlari «Ezgulik» jamiyati raisi Abdurahmon Tashanovning ma'lum qilishicha, surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy ishini apellyatsiya instansiyasida ko'rish advokatning shikoyatiga asosan Samarqand viloyati sudiga o'tkazilgan.
Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov Kun.uz’ga blogerga nisbatan jinoyat ishi apellyatsiyasi Samarqand viloyat sudida ko'rib chiqilishi rejalashtirilayotganini tasdiqladi. Ishni ko'rib chiqish sanasi va vaqti hali belgilanmagan.
Eslatib o'tamiz, mahalliy davlat hokimiyati organlari mansabdorlarining faoliyatini tanqid qilib kelgan surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy joriy yil 10 may kuni tuhmat va tovlamachilikda aybdor deb topilib, sud hukmi bilan 6,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
«Sattoriy ishi» o'zbek jamoatchiligi va jahon hamjamiyatida, xususan, huquq faollari tomonidan qizg'in muhokama qilingandi.

loading...