Xiaomi Mi 12 Ultra yangi Snapdragon 895 protsessori o'rnatilgan birinchi smartfonga aylanadi

0

Internetda yangi flagman haqida boshqa ma'lumotlar ham tarqalgan. Xususan, Xiaomi Mi 12 Ultra 2K sifatli ekran tavsifini saqlab qoladi, biroq 1—120 gersli yangilanish chastotasiga ega adaptiv LTPO-displeyga ega bo'ladi. Bu displeyning yangilanish chastotasi avtomatik ravishda 1 dan 120 gersgacha diapazonda smartfondan foydalanish ssenariyasidan kelib chiqib boshqarilishini bildiradi. Bu qurilmaga quvvatni sezilarli darajada tejash imkonini beradi.

Taxminlarga ko'ra, Mi 12 Ultra’ga sig'imi 5000 mA/soatdan kattaroq akkumulyator o'rnatiladi.

Shuningdek, smartfon kamerasida siljiydigan yoki buraladigan ekran osti kamera konstruksiyasiga ega bo'ladi — kompaniyaning bu borada ko'plab patentlari mavjud. Bundan tashqari, Xiaomi Mi 12 Ultra IP68 standarti bo'yicha chang va namlikdan himoyalanadi, ikkitalik stereodinamik, ko'p funksiyali NFC va infraqizil portga ega bo'ladi.

loading...