Apple faol shovqin so'ndirish tizimiga ega simsiz Beats Studio Buds naushniklarini taqdim etdi (foto + video)

0

Apple kompaniyasi Beats brendi ostida yangi to'liq simsiz naushnigini — Beats Studio Buds’ni taqdim etdi, deb xabar beradi IXBT.

Naushniklar faol shovqin so'ndirish tizimiga ega bo'lgan. Ikkita rejim mavjud — atrof-muhitdagi shovqinlari maksimal bloklovchi va «shaffof» rejim (atrofdagi narsalarni eshitish talab etilganida). Shu bilan birga, Beats Studio Buds naushnigi AirPods Pro’ga nisbatan sezilarli darajada arzon.

Hozirda ushbu naushniklarning oq, qora va qizil ranglaridagi versiyasini 149,99 dollar narxida Apple’ning onlayn-do'konlari orqali buyurtma qilish mumkin. AQShda yetkazib berish ishlari 24 iyundan boshlanadi.

Naushniklar bir marta quvvatlanish orqali 8 soat gaplashishga yetadi, futlyar esa ularni yana ikki marta quvvatlantirishga yetadi. Umumiy hisobda Beats Studio Buds statsionar quvvatlantirishsiz 24 soatgacha musiqa tinglash imkonini beradi. Naushnik chang va namlikdan (IPX4) himoyalangan bo'lib, iOS va Android’da ishlaydi

loading...