Bu endi nimasi bo'ldi? Samarqandda hokimiyat matbuot xizmati xodimi jurnalistning kamerasini olib, uning ichidagi fleshkasini yeb qo'ydi

0

Bu haqda Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi K.Allamjonov munosabat bildirdi.

«Samarqandda hokimiyat matbuot xizmati xodimi jurnalistning kamerasini olib, uning ichidagi fleshkasini yeb qo'yibdi. Menimcha, unday xodimlarni quturishga qarshi emlagan holda psixologik shifokor ko'rigidan o'tkazish kerak. Juda qiziq, qonunlarda operatorning fleshkasini yeb qo'ygan davlat idorasi xodimi uchun qanday jazo chorasi belgilangan ekan?

PS: Rahbariga it kabi fidokorlik shu bo'lsa kerak. Yashayversang ko'raverar ekansan», — deb yozadi Allamjonov.

loading...