Bu go'zal internetdagi tanqidlar tufayli pasportidagi millatini o'zgartirishi mumkin

0

«Bir zum tv» YouTube-kanali «Miss Uzbekistan» go'zallik tanlovi g'olibasi Nigina Faxriddinova bilan intervyu tashkillashtirdi. Nigina ushbu intervyu chog'ida ijtimoiy tarmoqdagi salbiy izohlar, tanqidlar tufayli millatini o'zgartirish istagi tug'ilgani hamda ayni paytda katta go'zallik tanloviga tayyorgarlik ko'rayotgani, Akfa kompaniyasi unga homiylik qilayotgani haqida so'zlab berdi.

«Millatim «metiska», menda rus, tojik, o'zbek, nemis, arab va turk qoni bor. Pasportimda millatim o'zbek deb yozilgan. Lekin shu yozuvni o'zgartirmoqchi edim. Nemis deb yozdirmoqchi edim. Ijtimoiy tarmoqlarda o'zbeksan, deb ko'p tanqid qilishadi, o'zbek qizi unaqa qilmaydi, model libosini kiymaydi, yarashmaydi, deb yozishadi. Buvim nemis bo'lganlari uchun pasportimdagi millati degan joyiga nemis deb yozdirish fikri tug'ilgan edi», — deydi Nigina Faxriddinova.

Nigina Faxriddinova, shuningdek, yil oxirida nufuzli go'zallik tanlovida ishtirok etishga tayyorgarlik ko'rayotgani haqida ham so'zlab berdi.

«O'zbekistonda «Miss Uzbekistan» degan tanlov yo'q. Dunyoda go'zallik tanlovlari juda ko'p. Ulardan birinchisi turistik, ikkinchisi esa xuddi sportdek muhim go'zallik tanlovi hisoblanadi. Turistik go'zallik tanloviga pulini to'lab, istalgan qiz ishtirok etishi mumkin. Ikkinchi go'zallik tanloviga esa qancha pul to'lamang, chiqa olmaysiz. ‘Miss International’ tanlovida ishtirok etish uchun onlayn kastingdan o'tganman. 30 ta anketa orasidan mening ma'lumotlarimni Panamaga yuborishgan. Shunday qilib, bu tanlovda ishtirok etganman. Shu yil men ‘Miss International’ go'zallik tanlovida ishtirok etish uchun Yaponiyaga ketyapman.

Bu dunyodagi eng nufuzli uchta go'zallik tanlovlaridan biri hisoblanadi. Birinchi o'rinda «Dunyo go'zali», ikkinchi o'rinda «Koinot go'zali» uchinchi o'rinda esa ‘Miss International’ tanlovi turadi. Bu go'zallik tanlovi tashkil etilganiga 60 yil bo'lgan bo'lsa-da, O'zbekistondan vakil ishtirok etmagan. Biz uchun bu juda muhim hodisa», — deydi Nigina Faxriddinova.

loading...