Bu yulduzlar qirollik oilasidan (foto)

0

Mashhurlarni odatda muxlislar qirol va qirolichalar deb atashni yaxshi ko'radi, ammo agar taniqli odamlarning tomirlarida chindan ham qirollar qoni oqayotgan bo'lsa-chi? Yulduzlar orasida qirol yoki qirolichalar borligini bilasizmi?

Tilda Suinton


Tilda Suinton nomi bilan tanilgan Ketrin Matilda Suinton taniqli britaniyalik Suinton oilasidan bo'lib, uning ildizi o'rta asrlarga borib taqaladi. Uning ajdodi Shotlandiya qiroli Robert I Bryusdir. Aktrisaning bolaligi va o'smirligi sinfdoshi malika Diana Spenser bo'lgan xususiy maktab-internatida o'tgan. Keyinchalik aktrisa intervyusida bunday ta'lim muassasalarini shafqatsiz muhit deb bilishini va bolalar ushbu turdagi ta'limdan foyda ko'rmayotganliklarini tan olgan, chunki ular ota-onalariga va ularning mehriga muhtoj.

Beyonse


O'zini qirolicha deb e'lon qilgan Beyonse Yelizaveta II bilan yaqinligi bilan maqtanadi. Beyonse Buyuk Britaniyaning amaldagi monarxining 25-amakivachchasi. Ularning umumiy ajdodi ingliz qiroli Genrix II Plantagenetdir.

Kit Xarington


Jon Snoud ijrochisining buvisi Angliya va Shotlandiya qiroli Charlz II ning avlodi bo'lib chiqdi. Lavanda Sesiliya Denni XV asrdan beri mavjud bo'lgan Baron Richard Xarringtonga uylandi. Aslida, Kit oilasining holati ularga dabdabali yashashga imkon bermagan. Aktyor intervyusida ota-onasining badavlat emasligini ham aytib o'tgan. Ular o'rtahol tarzda yashagan, Kitning Oksford yoki Kembrijda o'qishga imkoni bo'lmagan.

Jeyk va Meggi Jillenxol


Gollivudda muvaffaqiyatli karyeraga ega aka va singil ham qirol avlodlaridandir. Ularning ajdodi Angliyaning sobiq hukmdori Edvard III, qirolicha Yelizaveta II esa ularning 19-amakivachchasi. Meggi Finding Your Roots dasturi orqali Jillenxol oilasi qaerdan kelib chiqqanligini bilib olishga muvaffaq bo'ldi. Ildizlarni topish qobiliyati, asosan, nufuzli oilalarning nasablarini sinchkovlik bilan qayd etish an'analaridan kelib chiqadi.

Gay Richi


Ko'chadagi oddiy yigitning qiyofasiga qaramay, jinoyat komediyasi ustasi Gay Richi Buyuk Britaniyaning qirol oilasi bilan aloqalarga ega. Ma'lum bo'lishicha, rejissyorning yaqin do'sti, Kembrij gersoginyasi Keyt Middlton uning 6-amakivachchasidir. Gay Richi 2011 yilda shahzoda Uilyam va Keytning to'y marosimiga taklif qilingan.

Bred Pitt

Mashhur Gollivud aktyorining ajdodi — Angliya qiroli Genrix II. Shunday qilib, Pitt qirolicha Yelizaveta II ning uzoq qarindoshi. Britaniyalik monarxiya bilan bog'liqligidan tashqari, Bred Barak Obama bilan ham qarindoshdir: ularning umumiy ajdodi 1769 yilda vafot etgan Edvin Xikmen edi. Ma'lum bo'lishicha, AQShning 44-prezidenti va Bred 9-amakivachchadir.

Madonna


Pop madaniyatining tirik afsonasi ham sobiq eri Gay Richi singari Britaniya monarxiyasi bilan chambarchas bog'liq. Madonna  fransuz-kanadalik Medelin Ernard va Zekari Klotelarning avlodi, u Kornuoll gersoginyasi Kamilla Parker Boulzning 9-amakivachchasidir. Yana bir amakivachchasi esa qo'shiqchi Selin Diondir.

Benedikt Kamberbetch


Mashhur britaniyalik aktyor Benedikt Kamberbetchning kelib chiqishi Angliya qiroli Richard III dan boshlanadi. Benedikt Shekspirning ‘‘Bo'sh toj’’ filmini suratga olishda uning ajdodini o'ynagan. Qiziqarli fakt: ba'zi bir ma'lumotlarga ko'ra, Buyuk Britaniyada 17 millionga yaqin odam qandaydir tarzda Richard III bilan qarindoshdir, ammo Kamberbetch unga har qanday oddiy britaniyalikka qaraganda yaqinroq.

loading...