Janubiy koreyalik dizayner gadjetlarga bog'lanib qolgan insonlar uchun «uchinchi ko'z»ni o'ylab topdi (foto+video)

0

Qurilma yordamida atrofga qaramasdan ham bemalol yo'lni kesib o'tish mumkin. Mazkur mahsulot Seulda allaqachon sinovdan o'tgan. «Uchinchi ko'z» janubiy koreyalik dizayner Min-vuk Peng tomonidan ixtiro qilingan, deb yozadi Travel Ask.

Asosan, qurilma yurish vaqtida begona narsalarga urilmaslikka yordam beradi.

Kelajakda ofisda ishlaydigan odam portretiga «uchinchi ko'z»ni qo'shish mumkin. Qurilma yo'nalishda adashmaslikka yordam beradi. U telefonlarga juda qiziqqan odamlar uchun mo'ljallangan.

Qurilma xuddi faraga o'xshaydi, lekin unga kamera o'rnatilgan. Bunday uskuna yordamida telefondan ko'z uzmasdan bemalol yurish mumkin, chunki xavf tug'ilganda «uchinchi ko'z» baland ovoz bilan ogohlantiradi. Kamerada o'z egasi va atrofdagi narsalar orasidagi masofani taxmin qilishga qodir bo'lgan sensor mavjud. Ushbu mahsulotni tatbiq qilish uchun olti hafta vaqt ketdi va Peng allaqachon Janubiy Koreya poytaxtida ushbu moslamani sinovdan o'tkazdi.

Endilikda telefonni umuman tark etish shart emas. To'g'ri, dizayner mahsulotlardan bu tarzda foydalanishni istamaydi. Ehtimol, u smartfonlari bilan ovora bo'lgan insonlarga jonli muloqotning muhimligini eslatib turish uchun ham «uchinchi ko'z»ni o'ylab topgandir.

 

loading...