Qashqadaryo IIB bog'chada bolaning qo'li kuydirilgani aytilgan xabarga munosabat bildirdi

0

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi bog'chada 5 yoshli bolaning qo'li kuydirilgani haqida xabar qilingandi. Bu haqida Bugun.uz Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Boshqarma axborot xizmati bergan ma'lumotga ko'ra, mazkur murojaat Shahrisabz shahar ichki ishlar bo'limi navbatchilik qismida qayd etilib, voqea sodir bo'lgan joy ko'zdan kechirilgan. Shuningdek, voyaga yetmagan E.O.ga nisbatan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangani aytilgan.

Ta'kidlanishicha, hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Shu bilan birga, tergov bo'yicha qo'shimcha ma'lumot taqdim etilishi aytilgan.

Eslatib ztamiz, avvalroq mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyat IIBga murojaat etilgandan so'ng tergovchi A.E. tomonidan tergov harakatlari olib borilayotgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, holat bo'yicha viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi munosabat bildirgan.

loading...