Suzishda ehtiyot bo'ling!

0

Rossiyadagi «Prometey» dam olish maskani hududida Chuvash Respublikasi Kugesi qishlog'ida yashovchi 33 yoshli fuqaro cho'kib ketdi. Bu haqda «Chuvashiya» davlat teleradioeshittirish kompaniyasi xabar berdi.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Chuvashiya bo'yicha Bosh boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, fojia 14 iyun, dushanba kuni suzish paytida xavfsizlik choralariga rioya qilinmaganligi sababli yuz bergan. Mahalliy qidiruv-qutqaruv xizmati tomonidan marhumning jasadi suvdan chiqarildi.

loading...