Tanadagi toliqishni bartaraf qiluvchi mashq

0

Biror kishiga har kuni oyoqlarini 20 daqiqa ko'tarib turish tavsiya etilsa, g'alati tuyulishi mumkin. Ammo bu mashq ajoyib ijobiy ta'sirga ega.

 Buni qanday qilish kerak?
Chalqancha yotib oling. Ikkala dumg'azani devorga tekkizib, oyoqlarni yuqoriga cho'zing. Oyoqlarni bo'shashtiring, ularni bir oz yon tomonga yoyishingiz mumkin, tovonlar devorga tegib turadi, oyoqlaringizni yoki juftlab, yoki tos suyagi kengligida saqlang. Qo'llaringizni tananing yon tomoniga qo'ying. Yelka va bo'yinni bo'shashtiring.

– Qanday ijobiy xususiyatlari bor? Agar siz har kuni 20 daqiqa davomida oyoqlaringizni devorga tirab, ko'tarib qo'ysangiz, tez orada quyidagi ijobiy natijalarga ega bo'lasiz:

– Oyoqdagi shishlarni kamaytiradi

– Charchagan oyoq sindromini yengillashtiradi

– Ovqat hazmini yaxshilaydi

– Asab tizimini bo'shashtiradi

– Ruhiy xotirjamlikni ta'minlaydi

loading...