Ularni quyosh nuridan asrang!

0

Quyoshning chiqishi, botishi, uning nurlari ostida toblanish barchaga yoqqani kabi ultrabinafsha nurarining salbiy ta'sirini ham unutmaslik lozim.  Dermatolog va kosmetologlarning ta'kidlashicha, quyoshdan himoya qiladigan kremlar mavsumiylik va teri turlari bo'yicha eng ko'zga ko'ringan joyda bo'lishi kerak. Ma'lum bo'lishicha, quyosh nuri nafaqat teriga, balki sochlarga ham, ayniqsa, yozda, zarar berishi mumkin. Shuning uchun undan qanday himoyalanishni bilib olish zarur.

Zararli nurlar

Mutaxassislarning fikriga ko'ra, ultrabinafsha nurlanish erta qarishning asosiy sabablaridan biridir. Odamning terisiga va sochlariga quyoshning haddan tashqari ta'sir qilishi immunitet funksiyalarining susayishiga olib keladi: terida dog'lar, yuzda ajinlar paydo bo'ladi, sochlar eskirgan kabi ko'rinadi va hattoki siyraklashadi.

Quyosh energiyasi o'rtacha miqdorda inson salomatligi uchun zarurdir: D vitaminining bir qismi, yengil qorayish zarar keltirmaydi, faqat foyda keltiradi, ammo nur me'yoridan ozgina oshib ketishi bir zumda sifatning yomonlashishiga olib keladi. Sochlar birinchi bo'lib ayanchli holga keladi.

Agar sochlar quyoshdan himoya qilinmasa, bu quyidagilarga olib keladi:

bosh terisidagi qon aylanishining yomonlashishi;
soch follikulalarining ozuqaviy moddalari yetishmasligi;
soch keratin oqsilini yo'q qilish;
melanin pigmentini yo'qotish.
Shuni unutmaslik kerakki, bo'yalgan sochlarga quyosh tezroq ta'sir qiladi: avval bo'yoq rangsizlanadi, keyin kimyoviy parchalanadi va kuyadi, bu esa sochlarga jiddiy zarar yetkazadi, deb ogohlantiradi mutaxassislar. Soch muammolarining oldini olish ularni tuzatishga qaraganda ancha osonroq. Shuning uchun yozda yaxshi tanlangan vosit va o'z vaqtida sochni parvarish qilish ta'tildan keyin vazifani yanada osonlashtiradi:

Sochlarni kepka ostiga yashirish – uzoq vaqt dengizda yoki shaharda quyoshda o'tirganda, bosh kiyimlar kiyish: qalpoq, shlyapa, sharflar, asosiysi, sochlaringiz yopiq bo'lishi kerak;
Sochlarni ta'tilga oldindan tayyorlash – agar ta'tilga chiqish rejasi bo'lsa va bunda to'satdan sochning rangini o'zgartirishga to'g'ri kelsa, u holda safar oldidan sochlar uchun kichik namlantiruvchi kurs o'tkazishga harakat qilish lozim. Namlovchi niqoblar sochlarni oziqlantiradi, mustahkamlaydi va kuchaytiradi;
Himoya kompleksi bilan tozalovchi mahsulotlarni qidirib topish – masalan, suyuq keratin kompleksi bo'lgan shampun. Bu nafaqat terini tozalaydi, balki sochlarni jilolaydi, ularni shikastlanishdan saqlaydi.
Salon muolajalarini tanlash – eng oson yo'li professionallarga ishonish va salonda namlovchi yoki jonlantiruvchi muolajani sinab ko'rish.

loading...