Xonanda Otabek Mamazoitov ham rahbarlik lavozimiga tayinlandi

0

Qiziqchi Ortiq Sultonov va xonanda Otabek Mamazoitov rahbarlik lavozimlariga tayinlandi

Samarqand shahar madaniyat bo'limiga san'atshunoslik fanlari nomzodi, qiziqchi, «Handalak» guruhi a'zosi Ortiq Sultonov boshliq vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Ortiq Sultonov dastlabki mehnat faoliyatini Samarqand musiqali drama teatri aktyori sifatida boshlagan. Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi, O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Yoshlar» telekanali, «O'zbekiston» telekanallarida rejissor bo'lib ishlagan.

Ushbu tayinlovga qadar esa «Kulgi» xususiy teatri badiiy rahbari bo'lgan.

Shuningdek, O'zbekiston davlat filarmoniyasi Farg'ona viloyat bo'limiga xonanda Otabek Mamazoitov rahbar etib tayinlandi.

loading...