Yozning qaynoq kunida muzdek kuksiga nima deysiz?!

0

Qovurilgan go'sht, sabzavotli salat, omlet va lapshali muzdek sho'rvani ta'tib ko'rgan insonga ushbu taom boshqacha tuyilishi tabiiy. Ammo kuksi yozning issiq kunlarida eng sevimli taom sifatida iste'mol qilinadi.

Kerakli mahsulotlar:

mol go'shti filesi – 800 gramm;
soya sousi – 6 osh qoshiq;
shakar – 2-3 osh qoshiq;
karam – 700 gramm;
piyoz – 2 ta;
sarimsoq – 5-6 bo'lak;
bodring – 800 gramm;
o'simlik yog'i – 9 osh qoshiq;
garmdori kukuni – 1 choy qoshiq;
tuxum – 5 dona;
pomidor – 3-4 dona;
suv – 1 dona;
sirka essensiyasi – 1 choy qoshiq;
spagetti – 500 gramm;
kinza – bir bog'
tuz va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni:

Mol go'shti somoncha shaklida to'g'ralib, soya sousi va shakar bilan aralashtiriladi. 30-40 daqiqaga muzlatkichga qo'yiladi.
Karam ham somoncha shaklda to'g'raladi. Piyoz halqasimon, sarimsoq esa maydalanadi.
Karamga tuz sepilib, yaxshilab aralashtiriladi. Sharbati chiqishi uchun 15-20 daqiqaga qoldiriladi.
Bodring ham yarim halqa shaklida to'g'ralib, tuz sepiladi va 5-10 daqiqaga qoldiriladi.
Bodring sharbati siqib olinadi va alohida idishga solinadi.
Tovaga uch qoshiq o'simlik yog'i quyilib, qizdiriladi.
So'ngra tova olovdan olinib, ziravor va sarimsoq solinadi.
Bodring ustiga issiq ziravor yog'i bilan quyiladi va 1 osh qoshiq soya sousi va 2 choy qoshiq shakar qo'shib, aralashtiriladi.
Tuxumga 1 osh qoshiq yog' va bir chimdim tuz bilan qo'shiladi. So'ngra tovada yupqa blinchiklar pishiriladi.
Tayyor bo'lgan blinchiklar o'ralib, somoncha shaklida to'g'raladi.
Pomidorning yarmi to'rtburchak shaklda to'g'raladi. Karamning sharbati siqib olinadi.
Tovada 2-3 osh qoshiq yog' qizdirilib, piyoz qovuriladi. Ustidan pomidor solinib, yana 2-3 daqiqa qovuriladi.
So'ngra tovaga karam solinib, 1 choy qoshiq tuz va shakar qo'shiladi. Karam yaxshilab qovurilgach, alohida idishga sovitishga qo'yiladi.
Tovaga sarimsoqning qolgan qismi solinadi, ustidan mol go'shti qo'shib qovuriladi. So'ngra piyoz, soya sousi, tuz va ziravorlar  qo'shib, 5-6 daqiqa qovuriladi.
Pomidorlarning qolgani qirg'ichdan o'tkazilib, ustiga 1 choy qoshiq tuz, shakar, 3 osh qoshiq soya sousi va sirka qo'shiladi.
Pomidorli massa yaxshilab aralashtirilib, suv qo'shiladi va muzlatkichga qo'yiladi.
Bulon nordon-sho'r ta'mga ega bo'lishi kerak. Agar mazasi bunday bo'lmasa, tuz, shakar va souslardan yana qo'shish tavsiya etiladi.
Spagetti suvda pishirib olinadi va sovtishga qo'yiladi.
Tayyor bo'lgan spagetti ustidan bodring, karam, omlet va pishirilgan mol go'shti solinadi. Ustidan sovuq bulon quyiladi. So'ngra taomga maydalangan kashnich sepish hamda muz bo'laklaridan ham qo'shish mumkin.

loading...