Buxoroda 17 yil ilgari xizmatga noloyiqligi sabab ishdan bo'shatilgan IIB xodimi soxta guvohnoma bilan ushlandi

0

Ta'kidlanishicha, o'z avtomashinasida yo'l harakati qoidasini buzib, YPX xodimi tomonidan to'xtatilgan O'.S. o'zini ichki ishlar organlarida uzoq yillar xizmat qilib, so'ngra nafaqaga chiqqan mayor sifatida tanishtiradi va yo'l patrul xizmati inspektoriga 2014 yil 23 mayda O'zbekiston Respublikasi IIV MIB rahbari tomonidan berilgan, №3817 guvohnomani ko'rsatadi. YPX xodimi ushbu guvohnomaning haqiqiyligiga shubha qilib, hujjatni arxivdan tekshirish uchun viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga bildirgan. Holat yuzasidan o'tkazilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida bunday guvohnoma yo'qligi ma'lum bo'lgan.

O'rganishlar davomida O'.S. ning  2004 yildan buyon » Agrobank» Qorako'l tumani filialida yurist-konsult vazifasida ishlab kelayotgani aniqlangan.

Shuningdek, surishtiruv harakatlari davomida O'.S.ning haqiqatdan ham 1998-2004 yillar mobaynida viloyat ichki ishlar organlarining turli vazifalarida xizmat qilganligi va 2004 yilda xizmatga noloyiq hatti-harakatlari sabab ishdan bo'shatilgani ham oydinlashgan.

Hozirda fuqaro O'.S.ga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

loading...