MIB soliq boshqarmasiga 3 mlrd. so'mlik qarzdorlikni undirib berildi

0

Majburiy ijro byurosi To'raqo'rg'on tuman bo'limi ish yurituvidagi soliq undiruvlari bilan bog'liq hujjatlar ijrosini ta'minlash borasida tegishli choralar ko'rib kelinmoqda. Xususan, kuni kecha olib borilgan majburiy ijro harakatlaridan so'ng yirik miqdordagi soliq qarzdorligi to'liq undirib berilishi ta'minlandi.
“OOO REAL BEST IMPEKS” jamiyatidan viloyat davlat soliq boshqarmasi foydasiga 3 mlrd. so'm soliq qarzdorligini undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjatini ijrosini ta'minlash maqsadida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, davlat ijrochilari tomonidan O'zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlari hujjatlarini ijro etish to'g'risida” gi Qonuning 23 va 86-moddalariga asosan ijro ishi yuritishni qo'zg'atish haqida qaror qabul qilindi. Shundan so'ng qaror nusxasi taraflarga yuborilib, korxonaga ijro hujjati talabini bajarish uchun muddat berilgan.
Asosiysi, ijro harakatlari davomida qarzdor korxonadan 3 mlrd. so'm soliq qarzdorligi undirib berildi.

loading...