Namangandagi Shimoliy Farg'ona kanaliga o'rtoqlari bilan cho'milishga kelgan 12 yoshli qiz cho'kib ketdi. Qidiruv ishlari olib borilmoqda

0

Ijtimoiy tarmoqlarda Ayni damda Namangan viloyati Pop tumanida bir opaxonni qizlari katta kanalga tushib cho'kib ketgan, ular cho'kib ketgan farzandlarini o'zlari qidirmoqdalar. Ushbu xolatga mas'ul bo'lgan barcha xodimlar tezkorlik bilan e'tibor qaratishingizlarni so'rab qolamiz.” izohi bilan tarqalgan videotasvir tarqatildi.

Holat yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy ma'lumot taqdim etdi.

Ma'lum qilinishicha, kecha, 15 iyun kuni soat 14.30da Pop tumani FVBga tumandagi “Anhor” MFYda yashagan, 2009 yilda tug'ilgan voyaga yetmagan qiz mahalla hududidan oqib o'tgan Shimoliy Farg'ona kanaliga tengdoshlari bilan birga cho'milish maqsadida borib, daryoga tushib, suvga cho'kib qaytib chiqmagani haqida kelib tushgan tezkor xabardan so'ng oradan 10 daqiqa o'tgach tuman FVB xodimlari voqea joyiga yetib kelib, suv usti qidiruv ishlarini olib borishgan.

Soat 16:00larda Namangan viloyati FVB g'avvoslari tomonidan kanal yo'li 4.5 metrlik setka bilan to'silib, suv osti qidiruv ishlari olib borilgan.

Qidiruv ishlari hozirga qadar davom etmoqda. Ushbu ishga Namangan viloyati va Pop tuman FVBdan 20 nafar, IIBdan 6 nafar xodimlar jalb etilib, yer usti va suv osti qidiruv ishlari davom ettirilmoqda.

 

loading...