Sirdaryodagi «madhiya voqeasi» ishtirokchilaridan biri lavozimidan ketdi (video)

0

Sirdaryodagi «madhiya voqeasi» ishtirokchilaridan biri lavozimidan ketdi.

Shu yilning 9 may kuni Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyatida o'tkazilgan tadbirlarda sodir bo'lgan voqea  butun dunyoga mashhur bo'lib ketgandi.

Viloyatning harbiy bloki rahbarlari (DXX, prokuratura, IIB va bojxona xizmatlarining hududiy rahbarlari) madhiya vaqtida qanday jest ko'rsatishni bilmay shoshib qolishgani videoda muhrlangan va internetda juda tez tarqalgandi.

Ushbu hodisa ishtirokchilaridan biri — Sirdaryo viloyati IIB boshlig'i Shavkat Mavlonov lavozimidan ketgani bugun ma'lum bo'ldi.

Ikki yil avval ushbu vazifani egallagan Shavkat Mavlonovning qaerga ishga o'tgani haqida rasmiy ma'lumot mavjud emas.

 

loading...