Soxta bo'lmagan nimamiz qolayapti! Soxta diplomchilar ushlandi

0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Oltiariq tumani bo'limlari tomonidan tezkor tadbir o'tkazildi.

Unda, fuqaro M.M. boshqa bir fuqaro U.ning ishonchiga kirib, unga 2500 AQSh dollari evaziga o'zining tanishlari orqali Oliy o'quv yurtini tamomlaganligi to'g'risida diplom tayyorlatib berish hamda uni ishga joylashtirib qo'yishni va'da qilgan holda, undan 500 AQSh dollarini firibgarlik yo'li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

loading...