Surxondaryolik fuqaro uy omborxonasida 14 tup nasha yetishtirayotgani aniqlandi

0

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida 6 may kuni soat 11.30 larda, viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan tumanning “Xayrondara” mahallasi hududida o'tkazilgan tadbir davomida giyohvand modda bilan bog'liq jinoyat fosh etildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati ma'lum qildi.

Xabarga ko'ra, shu mahallada yashovchi, M.Odilning yashash uyi, tomorqasi va yordamchi xo'jaliklari ko'zdan kechirilganida, yashash uyi omborxonasidan 14 tup “nasha” o'simligini ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan.

Mazkur holat yuzasidan 22 may kuni Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

loading...