Putin Baydenga nima sovg'a qildi? Bayden-chi?

0

Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbi Jo Baydenga «Moskva» Xoxloma yozuv to'plamini sovg'a qildi. Bu haqda Kremlning rasmiy vakili Dmitriy Peskov aytib berdi, deb yozadi RIA Novosti.

Shuningdek, Bayden Putinga aviator quyosh ko'zoynagi va billur haykalcha sovg'a qilgani ma'lum bo'ldi.

Vladimir Putin va Jo Bayden o'rtasidagi muzokaralar 16 iyun kuni Jenevada «La Granj» villasida bo'lib o'tdi.

loading...