Sirdaryoda ekstremistik guruh a'zosi sifatida 20 kishi ushlandi

0

Sirdaryo viloyatida ekstremistik va terrorchi tashkilotlar a'zolarining ta'siriga tushib qolgan 20 kishi aniqlandi, deya xabar bermoqda Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati.

Xabarga ko'ra, 16 iyun kuni Sirdaryo viloyati IIB va DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbirda Telegram orqali ekstremistik va terrorchi tashkilotlar a'zolarining ta'siriga tushib, radikal g'oyalar aks etgan audio va videomateriallarni targ'ib qilish bilan shug'ullanib kelgan yashirin guruh qo'lga olindi.

Ushbu jinoiy guruhning Mirzaobod tumani va Yangier shaharlarida yashovchi 20 nafar a'zosi qo'lga olindi. Qo'lga olingan shaxslarning yashash manzillaridan ekstremistik mazmundagi materiallar protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Hozirda Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

loading...