Antoniu Guterrish BMT bosh kotibligiga qayta saylandi

0

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish mazkur lavozimga ikkinchi muddatga saylandi.
Bu haqda BMT bosh assambleyasining 75-sessiyasi raisi Volkan Bo'zkir ma'lum qildi.

“Antoniu Guterrishning ikkinchi muddatda 2022 yilning 1 yanvaridan 2026 yilning 31 dekabriga faoliyat yuritishini aytishdan mamnunman”, dedi u.

Uning so'zlarini “TASS” iqtibos qilgan. 72 yoshli Guterrish BMT rahbarligiga yagona nomzod edi.

Eslatib o'tamiz, bosh kotiblikkacha Gutterish Portugaliya bosh vaziri va mazkur mamlakatdagi sotsialistik partiya yetakchisi bo'lgan.

loading...