Bilasizmi Bernar Arnoning boyligi qancha?

0

Louis Vuitton Moet Hennessy guruhi prezidenti, eng boy fransuz Bernar Arnoning boyligi bir kunda 1,4 mlrd dollarga ko'payib, 200,4 mlrd dollarga yetdi. Bundan Forbes Real-Time reytingi natijalari darak bermoqda.

72 yoshli Arno boyligi 200 mlrd dollardan oshgan dunyodagi ikkinchi odamga aylandi. Avvalroq bunday natijaga Amazon asoschisi Jeff Bezos erishgandi.

Ayni vaqtda Forbes talqini bo'yicha eng boy odamlar beshtaligi quyidagicha ko'rinish olgan:

Jeff Bezos (Amazon rahbari) – 200,7 mlrd dollar;
Bernar Arno (LVMH rahbari) — 200,4 mlrd dollar;
Ilon Mask (Tesla va SpaceX rahbari) — 154,6 mlrd dollar;
Bill Geyts (Microsoft asoschisi) — 125,9 mlrd dollar;
Mark Sukerberg (Facebook rahbari) — 121,9 mlrd dollar.

24 may kuni Bernar Arno milliarderlar ro'yxatining birinchi pog'onasiga ko'tarilgandi. O'shanda uning boyligi Bezosnikidan 300 mln dollar ko'proqni tashkil qilgandi. Fransuz milliarderi davlatining o'sishi pandemiya vaqtida LVMH namoyish qilayotgan yuqori ko'rsatkichlar bilan bog'langan.

loading...