Toshkent xalqaro kinofestivali qayta tiklanadi

0

Toshkent xalqaro kinofestivali qayta tiklanadi

Tegishli qarorni Sh.Mirziyoyev imzoladi. Hujjat bilan:

➖ Toshkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklash hamda 2021 yildan boshlab, har yili sentyabr-oktyabr oylarida “Ipak yo'li durdonasi” nomi bilan Toshkent shahrida o'tkazish belgilandi;

➖ joriy yilning 28 sentyabr – 3 oktyabr kunlari kinofestivalni XIII Toshkent xalqaro kinofestival sifatida nufuzli kinofestivallarning g'olib va nominantlari ishtirokida “Tinchlik, taraqqiyot va ma'rifat” shiori ostida tashkil etiladi;

➖ kinofestival shioriga mos bo'lgan va jahon kinematografiyasi rivojiga katta hissa qo'shgan filmlar ijodkorlarini diplom, ramziy haykalcha va $20 mingdan iborat bo'lgan 5 ta pul mukofoti bilan taqdirlanadi;

➖ Osiyo va Ipak yo'li bo'ylab joylashgan mamlakatlar yosh kinoijodkorlarining qisqa metrajli filmlari festivali o'tkazilib, g'oliblar diplom va jami $32 ming miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Toshkent xalqaro kinofestivali 1968–1997 yillar o'tkazilgan va “Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari kinofestivali” nomi bilan atalgan.