Andijonda haydovchi YPX xodimini «Spark» kapotida 50 metrga sudrab bordi (video)

0

Andijon shahrida 19 iyun kuni fuqaro «Spark» kapotida YPX xodimini 50-60 metr masofaga sudrab bordi. Yo'l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi holat yuzasidan ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, soat 19:30 da Bobur shoh ko'chasida «Spark» haydovchisi YPX xodimi B.Komiljonovning to'xtash ishorasiga bo'ysunmasdan harakatda davom etgan. YPX xodimi aloqa vositasi yordamida o'zidan keyingi xodimga avtomobil ma'lumotlarini yetkazgan.

YPX xodimi I.Bobabekov «Spark» haydovchisiga to'xtash ishorasini ko'rsatishiga qaramasdan, haydovchi xodimning ustiga avtomobilni boshqargan. Avtomobil kapotiga osilib qolgan I.Bobabekov taxminan 50-60 metr masofadan so'ng tushib qolgan.

Haydovchi harakatini davom ettirib hodisa joyidan ketib qolgan. YPX xodimi holat yuzasidan bildirgi orqali viloyat IIB YHXB boshlig'iga ma'lum qilgan. Mazkur holat natijasida tan jarohati olganlar yo'q. Hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

loading...