Boks bo'yicha O'zbekiston kubogiga Nukus mezbonlik qiladigan bo'ldi

0

Joriy yilning 20-27 iyun kunlari Nukus shahri 2003-2004 yillarda tug'ilgan yoshlar o'rtasida boks bo'yicha O'zbekiston kubogi bahslariga mezbonlik qiladi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar berdi.

– Ushbu musobaqaning Nukus shahrida o'tkazilayotganligi qoraqalpog'istonlik yosh bokschilarga, minglab boks ixlosmandlariga o'zgacha quvonch bag'ishlamoqda, – deydi Qoraqalpog'iston Respublikasi boks federatsiyasi ijrochi direktori Ikrom Shomuratov. – Boisi, hududimizda boks bo'yicha O'zbekiston chempionati maqomidagi nufuzli musobaqalarning o'tkazilmaganligiga ancha yillar bo'lib ketdi. Istagimiz, vatanimiz sharafini jahon maydonlarida ulug'lab kelayotgan Bahodir Jalolov, Murodjon Axmadaliyev, Isroil Madrimov, Shahobiddin Zoirov kabi chempionlar qoraqalpog'istonlik yoshlar orasidan ham yetishib chiqsin. O'zbekiston kubogiga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Sportchilar uchun musobaqa haqiqiy ma'noda bayram bo'ladi. Bahslarda mamlakatimizning barcha hududlaridan 300 nafardan ortiq yoshlari qatnashishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, bundan ikki hafta muqaddam Navoiyda o'smirlar, kuni kecha Qarshida yosh qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati yakunlangan edi.

loading...