Argentinada birinchi marta «qora zamburug'»ga chalinish holati aniqlandi | Hordiq.uz
Bosh sahifa Koronavirus Argentinada birinchi marta «qora zamburug'»ga chalinish holati aniqlandi

Argentinada birinchi marta «qora zamburug'»ga chalinish holati aniqlandi

0

«Mukormikoz bilan kasallanishning birinchi holati Formoza shahrida yashovchi ilgari COVID-19 bilan og'rigan bemorda aniqlandi», — deyiladi xabarda.

47 yoshli bemor ayol, yuqori qon bosimidan aziyat chekkan, shuningdek, u qandli diabetning 2-tipi va COVID-19 bilan kasallangan. Koronavirusdan tuzalganidan so'ng, ayolning boshi og'rib, tanglay sezuvchanligi buzilgan. Tekshiruvdan so'ng ayolda xavfli zamburug'lar aniqlandi.

Vazirlikning qo'shimcha qilishicha, mukormikoz bilan kasallanishning yana bir holati tekshirilmoqda. Gap Buenos-Ayres provinsiyasida vafot etgan shaxs haqida ketmoqda.

Ma'lumot uchun, mukormikoz tabiatda keng tarqalgan mikroskopik zamburug'lar (mukormitsetlar) keltirib chiqaradigan noyob infeksiya. Ular tuproqda yashaydi, ko'pincha chirigan o'simliklar va sabzavotlar yuzasida ajralib turadi.

Ushbu infeksiya burun, ko'z va nafas olish tizimiga ta'sir qiladi. Kasallik burun bo'shlig'i va burun yondosh bo'shliqlarida rivojlanib, ko'z kosalariga tarqaladi. Infeksiya tushgan a'zolarda, ayniqsa, burunda to'qima nekrozi tufayli o'ziga xos qora qo'tir paydo bo'ladi. Davo choralari ko'rilmagan taqdirda mukormikoz to'satdan o'limga olib kelishi mumkin, shu bilan birga, terapiya yordamida bemorlarning faqat 50 foizini saqlab qolish mumkin.

Birinchi bo'lib Hindistonda COVID-pandemiya fonida odamlarning xavfli zamburug'larga chalinish holatlari ko'paydi. Rossiyalik virusologlar mukormikoz kasalligi global xavf keltirib chiqarmasligini aytdi. Shu bilan birga qora zamburug' infeksiyasi Rossiyada ham qayd etildi.

loading...