Keyin, o'zing ham rus yozuvchisi Muris İstanković ning «Amakingning o'g'liga turmushga chiqishga tayyorlan» kitobini o'qib chiq…

0

Qobulda kitob sotadigan bir qiz do'koniga sevgilisi kelganini ko'radi. Shu payt qizning otasi ham yonida bo'ladi. Qiz sevgilisiga qarab:
– Nemis yozuvchisi Yorg Danielning «Otang uydami?» kitobini olishga keldingiz, shekilli? – deb so'raydi.
– Yo'q, men ingliz yozuvchisi Tomas Munisning «Seni qaerda ko'rishim mumkin?» kitobini olishga kelgandim.
– U kitob qolmagan, lekin, amerikalik yozuvchi Patrice Olferning «Olma daraxtlarining ostida» kitobini tavsiya qilishim mumkin.
– Juda yaxshi. Belgiyalik yozuvchi Jean Barnerning «5 daqiqadan keyin qo'ng'iroq qilaman» kitobi ham kerak edi, olib kela olasizlarmi?
– Albatta. Bundan tashqari sizga fransuz yozuvchi Mishel Danielning «Aslo yolg'izlatmayman» kitobini ham tavsiya qilaman.

Bu suhbatni eshitib turgan otasi:
– Buncha kitob ko'plik qilmasmikin, hammasini o'qirmikin bu bola? – deb qizidan so'raydi.
– Ha, otajon. U judayam aqlli bola, hammasini o'qiydi.
– Mening go'zal qizim, unday bo'lsa, unga Gollandiyalik yozuvchi Frank Martinisning «Men ahmoq emasman» kitobini ham tavsiya qil. Keyin, o'zing ham rus yozuvchisi Muris İstanković ning «Amakingning o'g'liga turmushga chiqishga tayyorlan» kitobini o'qib chiq…

 

loading...