O'zbek-Qirg'iz chegarasi yaqinida logistika markazi qurilishi boshlandi

0

Qirg'izistonning Ala-Buqa tumanida, O'zbekiston bilan chegarasida logistika markazi qurilishi boshlandi.

«Bay-Talaa» markazi Bayastan qishlog'ida joylashadi. Loyiha Jalolobod viloyati va O'zbekistonning Namangan viloyati hamkorligi yo'l xaritasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Qurilish maydonida kapsula qo'yish marosimida ikki viloyat rasmiylari ishtirok etdi. Logistika markazi taxminan 20 gektar maydonni egallaydi.

2000ta yangi ish o'rni yaratilishi kutilmoqda. Qurilishning birinchi bosqichi sentyabr oyida yakunlanadi.

 

loading...