O'zbekistonda 22 iyun kuni qanday ob-havo kuzatilishi e'lon qilindi

0

«O'zgidromet» xizmati 22 iyun, seshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.

Unga ko'ra, Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo'ladi, vaqti-vaqti bilan o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18–20 daraja, kunduzi 33–35 daraja issiq bo'ladi.

 

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18–23 daraja, kunduzi 30–35 daraja issiq bo'ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 17–22 daraja, kunduzi 32–37 daraja issiq bo'ladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 16–21 daraja, kunduzi 30–35 daraja issiq bo'ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18–23 daraja, kunduzi 34–39 daraja issiq bo'ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15–20 daraja, kunduzi 29–34 daraja issiq bo'ladi.

 

Respublikaning tog'li va tog'oldi hududlarida havo bir oz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Shamol sharqdan 9–14 metr/sekund tezlikda esadi. Ba'zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11–16 daraja, kunduzi 22–27 daraja issiq bo'ladi.

loading...