Andijon shahri Navro'z MFYda shu yil 18 iyun kuni soat 18:20larda qotillik sodir bo'ldi.
Ma'lum bo'lishicha, mazkur mahalladagi xonadonlarning birida ayol kelinoyisi bilan janjallashib qolib, unga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Ayol pichoqdan ko'krak qismidan zarb yeyishi oqibatida vafot etgan.
Holat yuzasidan JKning 97-moddasi (Qasddan odam o'ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.