SSV: Hududlardagi koronavirus infeksiyasini davolashda ishtirok etadigan shifokorlar Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalarida malaka oshiradi

0

Koronavirus infeksiyasiga qarshi davolashda bugungi kunga qadar orttirilgan tajribani keng joriy etish, zamonaviy davolash usullari va standartlarini yanada ko'proq tatbiq etish maqsadida har bir hududdan davolashda ishtirok etadigan 5 nafar shifokor Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonalarida malaka oshirishadi.

Ma'lumki, Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi 33 gektar maydondagi 2 ta kompleksni o'z ichiga oladi. Bunda yuqumli kasalliklar xususiyati va zamonaviy tibbiyot talablari inobatga olingan. Muassasa 4 ming o'ringa mo'ljallangan.

Reanimatsiya bo'limlarida har bir koyka sun'iy o'pka ventilyatsiyasi va davolash apparatlari bilan jihozlangan. Bu bo'limni kardiologiya, nevrologiya, pediatriya kabi turli yo'nalishlar bo'yicha jihozlash ham mumkin.

Laboratoriyada virusologiya, biokimyo va immunologiya, mikrobiologiya, parazitologiya bo'yicha eng ilg'or apparatlar o'rnatilgan.

Masalan, amaldagi polimer zanjirli reaksiya uskunasi 5 soatda o'rtacha 40 kishiga tashxis qo'ysa, bu yerdagi zamonaviy jihozlar 2 soatda 90 ta namunani aniqlash imkoniyatiga ega.

Ekspress-test usulida qondagi antitanachalarni 10 daqiqada aniqlash imkoni yaratilgan. Polimer zanjirli reaksiyaning antigen ekspress testi yo'lga qo'yilgan bo'lib, 5 daqiqada insonda koronavirus bor yoki yo'qligi aniqlanadi.

Shuningdek, qabul-diagnostika bo'limida multispiral kompyuter va magnit rezonans tomografiya, raqamli rentgen hamda zamonaviy ultratovush diagnostikasini bir vaqtning o'zida bajarish mumkin.

Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

loading...