BOLAGA QAChONDAN ShOKOLAD BERISh KERAK?

0

Mutaxassislar bolaga uni 5 yoshdan keyin bergan ma'qul degan to'xtamga kelishgan. 1-3 yoshlik bolalarda shokolad allergiya qo'zg'atishi, narsa toshirishi, diatez bo'lishi mumkin.

To'g'ri, bular agar ona ko'krak suti bilan boqayotgan bo'lsa uning nimadir yeb qo'yishi, yoki bolaga berilayotgan bo'tqalar, novvot choy, malina, qulupnay tanovul qilish natijasida ham yuz berishi mumkin. Lekin bolalarda allergiyaga moyillik bo'lmasligi uchun shokoladni 5 yoshdan bergan durust. Shunda ham agar bolaning tomog'i og'rimasa, bo'g'ilmayotgan va narsa toshmagan bo'lsa me'yorida, oz-ozdan, shokoladning o'rniga gematogen yoki sutli shokoladlar berish tavsiya etiladi.

5 yoshdan kun mobaynida 30-40 gramm “shirin uglevod”dan (2 dona shokolad bo'lakchasi, 2-3 donga karamel yoki 2 dona pechenye) iste'mol qilsa kifoya.

SoglomHayot