21 iyun kuni «Tolibon»ning qurollangan guruhi Afg'onistonning Tojikiston bilan chegaradosh Qunduz viloyatidagi Sherxon Bandar chegara hududiga hujum qildi.
Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi chegara qo'shinlari ma'lumotlariga ko'ra, 22 iyun soat 09:00 gacha davom etgan qurolli to'qnashuv natijasida hujumga dosh berolmay, Afg'oniston hukumat kuchlarining 134 nafar harbiy xizmatchilari Tojikistonga chekinishga majbur bo'ldilar.
Tojikiston chegarachilari davlat chegarasini buzgan afg'on askarlariga mamlakatga erkin kirishga ruxsat berishdi.
Afg'oniston harbiy xizmatchilari orasida 4 kishi yaralangan va 1 kishi halok bo'lgan.
Tojikiston va Afg'oniston o'rtasidagi chegara chizig'idagi vaziyat keskin deb baholanmoqda, Sherxon Bandar hududida yaralangan, o'ldirilgan va asirga olingan afg'on harbiylarining umumiy soni 100 kishini tashkil etadi.
So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, so'nggi o'n kun ichida Afg'onistonning Tojikiston bilan chegaradosh to'rt viloyatida hukumat kuchlari va «Tolibon» o'rtasida to'qnashuvlar sodir bo'lgan.