Do'kondan o'g'rilik sodir etganlikda gumonlanuvchilar qo'lga olindilar

0

Mirzo-Ulug'bek tumani ichki ishlar organlariga MChJlardan birining rahbari 41 yoshli Odiljon T. murojaat qilib, 4 iyundan 5 iyunga o'tar tunda noma'lum shaxs uning do'konining eshigini buzib, do'kondan 948.000 so'mlik xo'jalik mollarini, kassadan 2.150.000 so'm va do'kon ishchisiga tegishli bo'lgan 2.000.000 so'm pullarni o'g'irlab ketganligini ma'lum qildi.

Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 169 moddasi («O'g'rilik») bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atildi. Ko'rilgan choralar davomida IIBB xodimlari gumonlanuvchilar – 27 yoshli Orifjon A. va 30 yoshli Dilmuhammad M.larni qo'lga olishdi. Tergov davom etmoqda.

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati

loading...