Qirg'izistonda 18 yoshli o'zbekistonlik qiz qidirilmoqda

0

Jalolobodda 18 yoshli O'zbekiston fuqarosi Sevinch Baxramova (Sherzod qizi) qidirilmoqda.

11 iyun kuni Yakkabog' (O'zbekiston) shahrida yashovchi 58 yoshli ayol nabirasini topishda yordam berish iltimosi bilan Jalolobod IIBga murojaat qildi. Uning so'zlariga ko'ra, qiz Jalolobod davlat universitetining filologiya fakulteti talabasi, “Sputnik” mikrorayonidagi uylardan birida yashagan. 3 may kuni qiz O'zbekiston hududidan ketgan va bedarak yo'qolgan.

Belgilari: bo'yi 160-165 santimetr, qorachadan kelgan, ozg'in, sochlari qora (uzunligi 30 sm), ko'zlari jigarrang, chap yelkasida dog'i bor.

Politsiya raqamlari: 102, (03722) 5-28-31, 7-03-44, (00224) 95-15-15, (0773) 00-08-02.

 

loading...