Yana bularning yigit degan nomi bor!

0

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida qizlarning fotoshop qilingan rasmini tarqatmaslik uchun pul talab qilgan ikki yigit ushlandi. Bu haqda Bugun.uz tuman hokimligi axborot xizmati ma'lumotlariga tayanib xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Shahrisabz shahri va Muborak tumanida yashovchi ikki yigit Dehqonobod tumanida yashovchi ikki nafar qiz bilan Telegram orqali tanishib, ularning rasmlarini olishgan. Shundan so'ng rasmlarni fotoshopda qayta ishlab, ularni internetda tarqatish bilan qo'rqitgan. Qizlardan bu ishni qilmaslik evaziga esa pul talab qilgan.

 

Ta'kidlanishicha, qizlar tuman ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilib, mazkur holat haqida xabar bergan. Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlarida gumondor yigitlar qo'lga olingan.

 

Mazkur ishni Jinoyat ishlari bo'yicha Nishon tuman sudida ko'rib chiqilib, sudlanuvchilarni Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 46-moddasi (Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) hamda 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan aybli deb topilgan. Ularning har biriga 15 sutkadan ma'muriy qamoq jazosi tayinlagan. Shuningdek, sudlanuvchilar qamoqda o'tirgan har bir sutka uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida jarima to'lashi belgilangan.

 

Avvalroq Jizzaxda 43 yoshli erkakdan o'zaro yozishmalarni tarqatmaslik uchun 600 dollar talab qilgan ayol ushlangani va Toshkentda fuqaroning shaxsiy ma'lumotlarini tarqatmaslik uchun pul talab qilgan ayollar qo'lga olingani xabar qilingan. Shuningdek, Samarqandda yozishmalarni xotiniga ko'rsatish bilan qo'rqitib, erkakdan pul talab qilgan ayol ushlangani ma'lum qilingan.

loading...